Antarktikada uy olasizmi?

Published

Antarktika - bugun eng zamonaviy va ajobtovur inshootlar qurilayotgan qitʼa. Ular, asosan, ilmiy-tadqiqot markazlari boʻlib, baʼzilarida yil boʻyi olimlar yashashadi.

Aqlni shoshiradigan inshootlarni tiklashdan maqsad - ilmiy tadqiqot. Biroq baʼzi davlatlar uchun bu obroʻ va mavqe hamdir.

Eng kichik va arzon binolar 100 million AQSh dollaridan boshlanadi.

Braziliyaning Comandante Ferraz ilmiy-tadqiqot stantsiyasi

Сурат манбаси, Estúdio 41 / Afaconsult

Сурат тагсўзи, Braziliyaning Comandante Ferraz ilmiy-tadqiqot stantsiyasi 2018 yili mana shu holatida qurib bitkazilsa, Antarktikadagi eng zamonaviy va qulay majmulardan boʻladi.
Braziliyaning Comandante Ferraz ilmiy-tadqiqot stantsiyasi ichkarisi

Сурат манбаси, Estudio 41 Arquitetura

Сурат тагсўзи, 2012 yili oʻz ilmiy-tadqiqot markazi yonib ketgach, Braziliya Xitoy mudofaa muhandislariga katta pul toʻlab qulay yangi binosini qurdirmoqda.
Braziliyaning Comandante Ferraz ilmiy-tadqiqot stantsiyasi

Сурат манбаси, Estúdio 41/Afaconsult

Сурат тагсўзи, Braziliya yangi majmuada oʻz olimlariga katta sharoit yaratmoqda. Mana bu binoning tepa qismi yashash, paskti qismi esa ilmiy tadqiqotlar uchun muoʻljallangan.
"Bharati" markazi

Сурат манбаси, IMS / bof

Сурат тагсўзи, Hindiston ham orqada qolmayapti. Antarktika shimolidagi ummonga qaragan yangi "Bharati" markazida hindlar janubiy qutb suvlaridagi hayotni oʻrganishadi.
Janubiy yogʻdusi ostidagi "Bharati" markazi binosi

Сурат манбаси, NCAOR

Сурат тагсўзи, Hindiston Antarktikaning janubiy qutb yogʻdusi tushib turadigan nuqtasida oʻz doimiy markazini bunyod etish uchun avvaldan ishlangan 134ta maxsus konteynerni keltirgan va ularni ulab, biriktirib "Bharati"ni tiklagan.
Janubiy Koreyaning Antarktikadagi Jang Bogo stantsiyasi

Сурат манбаси, EPA

Сурат тагсўзи, Janubiy Koreya 4 yil oldin qurgan Jang Bogo stantsiyasi esa uch qanotli boʻlib, u oʻta kuchli qor boʻronlariga dosh beradi. Poʻlat ustunlarda oʻrnatilgan bu majmuada bir vaqtning oʻzida 60 nafar olim yashab, ishlay oladi.
Omond Haus, Antarktika

Сурат манбаси, Alamy

Сурат тагсўзи, Antarktikadagi birinchi doimiy aholi maskani toshlardan tiklangan Omond Haus boʻlib, uni 1903 yili 33 nafar shotlandliyalik olim qurgan. Bugun unga Argentina hukumati qarab turadi.
Jon Kerri Shackleton binosida

Сурат манбаси, AFP

Сурат тагсўзи, AQSh Davlat Kotibi Jon Kerri oldinroq oʻtgan asr boshida yogʻochdan tiklangan Shackleton binosiga borgandi. Ilgari imkonini topgan davlat Antarktikaga kelib, yogʻoch bino tiklab, oʻz bayrogʻini tikkan. Ammo 1950-yillar oxirlariga kelib ayni amaliyotga chek qoʻyadigan xalqaro qonun qabul qilinadi.
AQShning McMurdo majmuasi, Antarktika

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи, AQShning kichik qishloqdek boʻlib qolgan sohildagi McMurdo majmuasi esa oʻz vertolyot maydonchasiga ham ega. 1962-1972 yillari yadroviy quvvat bilan ishlagan ayni goʻsha Antarktikadagi eng katta aholi maskani sanaladi. Yozda bu yerda 1200 odam yashab, ishlaydi.
McMurdo stantsiyasi, Antarktika

Сурат манбаси, Peter Rejeck, NSF

Сурат тагсўзи, Antarktikaning eng katta "shahri" - McMurdo majmuasida qahvaxonada, kinoteatr va nasroniy cherkovi ham bor.
Antarktikadagi Halley III majmuasiga kirish eshigi

Сурат манбаси, British Antarctic Survey

Сурат тагсўзи, 1973 yili Britaniya tiklagan Halley III markazi 10 yildan keyin tashlab ketilgan. Chunki bu joyga kelish oʻta qiyin boʻlib, stantsiya ichida havo aylanishi taʼminlash juda qiyin kechgan.
Britaniyaning Antarktikadagi Halley VI stantsiyasi

Сурат манбаси, Michal Krzysztofowicz

Сурат тагсўзи, Britaniya 2013 yili zamonaviy Halley VI ilmiy-tadqiqot majmuasini qurib bitkazdi. Bu stantsiya muz ustida bir joydan ikkinchi joyga koʻcha oladi.
Halley VI stantsiyasidagi yotoqxona

Сурат манбаси, James Morris

Сурат тагсўзи, Yangi Halley VI stantsiyasi barcha qulayliklarga ega. Har bir yotoqxonaning tashqariga qaragan oʻz derazasi bor.
Janubiy Afrikaga qarashli Sanae IV stantsiyasi

Сурат манбаси, Dr Ross Hofmeyr

Сурат тагсўзи, Antarktikadagi qor boʻronlari muammosini birinchi boʻlib Janubiy Afrika bartaraf etgan. Bu mamlakat 1997 yili oʻzining yangi Sanae IV stantsiyasi binosini poʻlat ustunlar ustida barpo etgan. Qor boʻroni tursa, u stantsiya tagidan oʻtib ketaveradi.
Neumayer III stantsiyasi

Сурат манбаси, EPA

Сурат тагсўзи, Germaniyaning Neumayer III stantsiyasi yer sathidan 6 metr balandda joylashgan. Yozda bu markazda 50 kishi, qishda esa 9 kishi yashab, ishlaydi.
Konkordiya ilmiy-tadqiqot markazi, Antarktika

Сурат манбаси, AFP/Getty

Сурат тагсўзи, Antarktikada Italiya va Frantsiya birga tiklagan Konkordiya ilmiy-tadqiqot markazidan esa Yevropa Fazo Agentligi foydalanib keladi.
Malika Yelizaveta" stantsiyasi

Сурат манбаси, International Polar Foundation, Rene Robert

Сурат тагсўзи, Belgiya 2009 yili qurib tikazgan "Malika Yelizaveta" stantsiyasi quyosh va shamol energiyasidan ishlaydi. U Antarktikadagi eng ekologik toza bino. Boshqa koʻplab binolar dizel yoqilgʻisi bilan ishlaydi.
Malika Yelizaveta" stantsiyasi

Сурат манбаси, International Polar Foundation, René Robert

Сурат тагсўзи, Fotovoltli quyosh batareyalari elektr quvvati ishlab chiqaradi. Ular qorni eritib, oshxona va hammom uchun suv ham isitib beradi.
Taishan maketi

Сурат манбаси, Alamy

Сурат тагсўзи, Xitoy hozir Antarktikada oʻzining toʻrtinchi ilmiy-tadqiqot markazini qurishga kirishmoqda. Mana bu - Taishan nomli yangi markaz maketi.