Markaziy Osiyo: Talash daryolar filmi

Suv Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi munosabatlarni taranglashtirmoqda.
BBC Jahon xizmatining "Markaziy Osiyo: Talash daryolar" filmini YouTube kanalida tomosha qiling.
Suv manbalari jadal kamayotgan, ammo aholisi tez o'sayotgan Markaziy Osiyoni kelajakda nima kutayapti?
Bugun mintaqa davlatlari suv va energiya masalasini qanday hal qilishlari mumkin?
BBC muxbiri Rustam Qobil mintaqada bo'lib, ayni savollarga javob izlagan.
Tepadagi ikki mamlakat - Tojikiston va Qirg'izistonda suv ko'p, ammo energiya boyliklari yo'q. Shu bois ular daryolarda yirik to'g'onlar qurib, suvdan elektr ishlab chiqarishni istashadi.
Pastdagi uch davlat - O'zbekiston, Qozog'iston va Turkmaniston esa gaz hamda neftga boy. Biroq ular o'z dalalarini sug'orish va ichish uchun yetarli suv manbalariga ega emaslar.
Sovet davrida ishlagan energetika tizimi bu qo'shni mamlakatlar o'rtasida suv va energiya almashinuvini ta'minlagan. Barchaga suv ham, tok ham, gaz ham yetgan.
Ittifoq ortidan mazkur tizim ham quladi. Yosh davlatlar o'z boyliklarini ishga solib, iqtisodiy mustaqillikka erishishga, dunyo bozorlarida o'rin topishga intilmoqdalar.
Lekin oqibatda ba'zan suvsizlik, energiya taqchilligi, siyosiy g'alayonlar hamda insoniy fojealar ro'y berdi.
Muxbir: Rustam Qobil
Prodyuser: Oksana Vojdaeva
Tasvir va montaj: Maksim Lomakin.
BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring





































