Yormurod: "Gaz-svet yo'qligi bois ko'mir konida ish ko'p, maoshlar zo'r".
Published
Qish oldi butun Markaziy Osiyo ko'mir konlarida ish qizimoqda.
Sababi - elektr va gaz yetishmasligi bois ko'pchilik ko'mir sotib oladi.
Tojikistonda esa yangi yirik korxonalar ham qishin-yozin ko'mirga ishlaydi.
Ko'mir yoqish ekologiya uchun zararli. Biroq qo'shni O'zbekistondan keladigan gaz va tok to'xtagani bois oxirgi yillari Tojikiston tobora ko'proq ko'mir iste'mol qilishga majbur.
Markaziy Tojikistonning tog'li Dijigrut qishlog'ida yashovchi 23 Yormurod bugun ko'mir konida ishlab, oyiga 200 dollardan ko'proq maosh olishini aytadi. "Markaziy Osiyo kundaliklari" turkumidan 3-lavhamiz konchi Yormurod haqida.
Mualliflar: Rustam Qobil, Oksana Vojdaeva va Maksim Lomakin.
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)



