O‘zbekiston bilan hamkorlik chuqurlashar ekan, Turkiya Markaziy Osiyoda yangi ta’sir kuchiga aylanmoqdami? - (Video)

O'zbekiston prezidenti Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Erdog'an bitimni ushlab turishibdi

Surat manbasi, Rasmiy

Surat tagso‘zi, Kelishuv 2026-yil yanvar oyida O‘zbekiston yetakchisining Turkiyaga tashrifi chog‘ida imzolangan.
Published
O'qilish vaqti: 5 daq

Turkiya qurol-yarog‘ eksporti, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, o‘quv dasturlari va mudofaa sohasidagi hamkorlik orqali Markaziy Osiyodagi harbiy ishtirokini izchil ravishda kengaytirib bormoqda. O‘zbekiston va uning qo‘shni davlatlari Turkiyada ishlab chiqarilgan jangovar texnikani xarid qilmoqda. Bu jarayonda O‘zbekiston Anqaraning mintaqadagi eng yaqin xavfsizlik hamkorlaridan biriga aylandi.

Aloqalarning kuchayib borayotganining navbatdagi belgisi 8-iyun kuni kuzatildi. Bu kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Anqaraga tashrifi chog‘ida imzolangan harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.

Mazkur bitim harbiy shifokorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, bemorlarni birgalikda davolash hamda stomatologiya, farmatsevtika va umumiy tibbiyot kabi qariyb o‘nta yo‘nalish bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedovning "O‘zbekiston 24" telekanali bilan suhbatda xalqaro hamkorlikni kengaytirish mutaxassislar tayyorlash, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda tibbiyotning ustuvor yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini aytdi. Bitim, shuningdek, qo‘shma mashg‘ulotlar va tibbiyot muassasalarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Rasmiy
O‘zbekiston bir necha yillardan beri Turkiya harbiy texnikasiga qiziqish bildirib keladi.
Illyustrativ tasvir
Batafsil: BBC.COM/UZBEK da o‘qing

Aprel oyida prezident Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedovning hisobotini tingladi. Uchrashuvda Turkiya Qurolli kuchlarining yuqori lavozimli vakili ham ishtirok etdi. Tomonlar ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu jarayon harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va harbiy kadrlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi.

Bu haqda gazeta.uz nashriyoti yozgan.

O‘zbekiston bilan mudofaa hamkorligi

Rasmda saf tortib ketayotgan harbiy jihozlangan askarlarning orqa tomonidan tushirilgan tasviri

Surat manbasi, Gazeta.uz

Surat tagso‘zi, Aprel oyida Mirziyoyev O‘zbekiston mudofaa salohiyatini oshirish va Turkiya bilan strategik hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Uchrashuvda Turkiya Qurolli kuchlarining yuqori lavozimli vakili ham ishtirok etdi.

Bundan avval, 20-yanvar kuni Anqarada O‘zbekiston va Turkiyaning Tashqi ishlar, mudofaa va ichki ishlar vazirligi hamda maxsus xizmatlar rahbarlari ishtirokida Turkiya-O‘zbekiston "4+4 mexanizmi"ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Tashrif doirasida Turkiya prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilgan.

Ushbu format ikki davlatning yuqori martabali diplomatik, mudofaa va xavfsizlik vakillarini birlashtiradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotlarida ma’lum qilingan.

Chapdan o'ngga O'zbekistonning to'rtta rasmiylari, o'ngdan chapga Turkiyaning beshta rasmiysi safda turishibdi.

Surat manbasi, Rasmiy

Surat tagso‘zi, 20-yanvar kuni Anqarada O‘zbekiston va Turkiyaning Tashqi ishlar, mudofaa va ichki ishlar vazirligi hamda maxsus xizmatlar rahbarlari ishtirokida Turkiya-O‘zbekiston "4+4 mexanizmi"ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Toshkent–Anqara harbiy aloqalari tarixi

Harbiy poligonda askarlar uch qavatli manzildan pastga tushib kelishyapti. Bronetexnika ham bino oldida turibdi.

Surat manbasi, Rasmiy

Surat tagso‘zi, 2019-yil aprel oyida Jizzax viloyatining tog‘li hududidagi Forish harbiy poligonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar O‘zbekistonning Pokiston va Turkiya bilan harbiy hamkorlik rejalariga muvofiq ekanligi aytilgan.

2019-yil aprel oyida Jizzax viloyatining tog‘li hududidagi Forish harbiy poligonida Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirokida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi haqida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Mashg‘ulotlar O‘zbekistonning Pokiston va Turkiya bilan harbiy hamkorlik rejalariga muvofiq o‘tkazilishi hamda Mudofaa vazirligi qayd etishicha, amaliy ko‘nikmalarni oshirish va tajriba almashishga qaratilgan barcha bosqichlar Forish poligonining tog‘li sharoitida tashkil etilishi ham ushbu bayonotda bildirilgan. Bu haqda 2019-yil aprel oyida mahalliy nashriyotlar yozgan.

Turkiya bayrog'i beydgiki qo'iga qo'yilgan Turk askarlari qurol ushlab turishibdi.

Surat manbasi, Gazeta.uz

Surat tagso‘zi, 2021-yil mart oyida O‘zbekiston va Turkiya maxsus bo‘linmalari Surxondaryodagi Termiz dala-o‘quv maydonida qo‘shma maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

2021-yil mart oyida O‘zbekiston va Turkiya maxsus bo‘linmalari Surxondaryodagi Termiz dala-o‘quv maydonida qo‘shma maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi. O‘zbekiston mahalliy va rasmiy axborotiga ko‘ra, mashg‘ulotlar ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i polkovnik Lazizjon Usmonov, Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiev, Turkiya maxsus operatsiya kuchlari brigadasi komandiri o‘rinbosari polkovnik Rushtu To‘redi hamda ikki mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Xabarda, o‘quv mashg‘ulotlar davomida harbiylar tajriba almashish, maxsus-taktik yo‘laklardan o‘tish, yaqin jang elementlari va murakkab sharoitlarda harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashganligi aytiladi.

Harbiy hamkorlik 2021-yildan keyin ham davom etdi. Keyingi yillarda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston harbiy xizmatchilari Turkiyada o‘tkazilgan Turkiya Qurolli Kuchlari muntazam ravishda mezbonlik qiladigan va o‘nlab davlatlar harbiylari qatnashadigan yirik ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdi.

O'zbekiston prezidenti Bayraktar droni oldida unga qarab turibdi, dronning ikki tomonida askarlar qo'riqlayapti.

Surat manbasi, Rasmiy

Surat tagso‘zi, 2022-yilda O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Turkiyaga tashrif buyurib, Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan dedi.

2022-yilda O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Turkiyaga tashrif buyurib, harbiy ta’lim va mudofaa sanoati bo‘yicha yangi bitimlarni imzolagan. Bu haqda O‘zbekiston mudofaa vazirligi rasman bayonot nashr etgan.

Muzokaralardan so‘ngi, matbuot oldida chiqishida Bahodir Qurbanov imzolangan bitimlar birinchi navbatda ikki davlat mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Unga ko‘ra Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Shuningdek u muzokaralar davomida harbiy, harbiy ta’lim, hamda harbiy texnik sherikliklarini amalga oshirish jarayonlarini kelishib oldik dedi.

Anqaraning Markaziy Osiyodagi kengroq faolligi

O'zbekiston prezidenti harbiy texnikani ko'zdan kechirayapti. Uning atrofida harbiy kiyim kiygan askarlar bor.

Surat manbasi, Rasmiy

Surat tagso‘zi, Turkiyaning ortib borayotgan roli faqat O‘zbekiston bilan cheklanmaydi.

Turkiyaning ortib borayotgan roli faqat O‘zbekiston bilan cheklanmaydi.

Turkiya mahalliy nashrlarining rasmiylarga tayanib yozishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston Rossiya hamda Xitoyga an’anaviy qaramlikdan tashqariga chiqib, tashqi aloqalarini diversifikatsiya qilishga intilar ekan, Anqara ushbu davlatlar uchun tobora muhim hamkorga aylanyapti.

Turkiyaning mudofaa tahlilchilari ham, Qozog‘iston bilan mudofaa sanoati, aviakosmik soha va uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik rivojlanib, turk kompaniyalari mamlakat mudofaa sanoatida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelmoqda deyishadi.

Qirg‘izistonning mahalliy matbuoti rasmiylarga tayanib yozishicha, Qirg‘iziston bilan Turkiya o‘rtasida ham so‘nggi yillarda harbiy mudofaa hamkorligi kuchaydi. 2023-2024 yillari Bishkek Anqaradan "Bayraktar TB2", "Aksungur" va "Aqinji" kabi harbiy dronlarni sotib oldi. Qirg‘iz rasmiylari bu dronlar mamlakat mudofaasi uchun katta ahamiyatga ega ekanini, chegara xavfsizligini ta’minlashda va harbiy salohiyatni oshirishda samarali bo‘lganini ta’kidlashgan.

Turkiyalik mutaxassislar, Turkmaniston ham turk zirhli texnikasi, harbiy kemalari va Bayraktar TB2 dronlarini xarid qilganligi haqida aytishadi. Ular bu jarayonlarni Turkiyaning Markaziy Osiyodagi mudofaa aloqalari kengayib borayotganining yana bir belgisi sifatida baholaydi.

Strategik hisob-kitoblar

Tahlilchilar Turkiyaning ortib borayotgan ta’siri kengroq geosiyosiy o‘zgarishlarni aks ettirishini aytmoqda.

Rossiyaning e’tibori Ukraina urushiga qaratilgani uning Markaziy Osiyodagi faolligini kamaytirdi. Shu bilan birga, Xitoy iqtisodiy jihatdan ustun mavqeini saqlab qolmoqda. Bu esa mintaqa davlatlarini yanada ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosat yuritishga undamoqda.

Shunday ekan, kuzatuvchilar Turkiyaning Osiyodan Yevropagacha cho‘zilgan Yevrosiyo qudrati sifatida yuksalishi turkiy davlatlarga "milliy manfaatlarini himoya qilish uchun yangi va mustaqil qarorlar qabul qilish" imkonini berishi mumkinligini ta’kidlaydi.