Bomba, cho‘kkan kemalar, beton qoyalar. O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va jahonda sayozlashgan daryo va kanallar nimalarni namoyon qilmoqda?

Suv sathi pasaygan daryo.
Surat tagso‘zi, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda bu yil daryolardagi suv sathi pasaygani kuzatilmoqda.
Published
O'qilish vaqti: 6 daq

O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi suv zaxiralari va daryo suvlari sathi pasayishi iqlim o‘zgarishi va haddan tashqari issiq kelgan yoz ob-havosi manzarasida yanada dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.

The Times of Central Asia nashri 2026 yil yozi Markaziy Osiyodagi suv zaxiralariga "bosim" jihatidan muhim burilish nuqtasi bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan.

Mintaqa bu yilgi yozni o‘zining asosiy suv manbasi bo‘lgan ikki daryo -Amudaryo va Sirdaryodagi suv sathining o‘tgan yillarga qaraganda anchayin past darajada boshdan kechirayotgani aytilgan.

Bunga asosiy ikki sabab bir tomondan iqlim o‘zgarishi va boshqa tomondan iste’molning o‘sib borayotganidir.

Mintaqa davlatlari orasida ayniqsa O‘zbekiston aholi sonining ko‘pligi va ulkan qishloq xo‘jaligi sektori tufayli ko‘proq bu faktorlar ta’siri ostida bo‘lishi aytiladi.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, bu yil Sirdaryo va Amudaryodagi suv sathi odatdagi darajaning taxminan 60 foizi atrofidadir.

Qozog‘iston Bosh vaziri O‘ljas Bektenov raisligida o‘tgan yil oxirida suv taqsimoti bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishida mamlakat janubidagi Qizilo‘rda, Turkiston va Jambil viloyatlaridagi monitoring har uchala mintaqadagi suv zaxiralarida suv sathining pasayishi kuzatilayotgani aytilgan.

Jumladan Shardara suv omboriga oqim 43% ga tushib ketgani va Norin-Sirdaryo suv tizimidagi suv hajmi o‘tgan yilga qaraganda 3.8 milliard kubometrga kamroq ekanligi bildirilgan.

Jambil viloyatidagi suv omborida esa suv hajmi xavotirli 41% ekanligi urg‘ulangan.

Mintaqaning asosiy suv manbalaridan biri ko‘rilgan Qirg‘iziston o‘zi uchun energiya ishlab chiqarish va va quyi oqimdagi davlatlar o‘ngidagi majburiyatini bajarish o‘rtasidagi tanlov o‘ngida turibdi.

Toqtog‘ul suv omboridagi suv sathi pasayishi gidroenergiya ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining cheklanishiga olib kelgan. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun Qirg‘iziston suvni qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston va Qozog‘iston suvga ehtiyoj eng ko‘paygan vaqt, ya’ni yoz oylarida kamaytirishga majbur bo‘lgan.

Asiaplustj ning Instagram dagi xavbari.

Surat manbasi, Asiaplustj Instagram

Amudaryoning suv manbai hisoblangan Tojikiston muzliklari va tog‘lardagi qor sathi ahvoli ham yaxshi emas. ASIAPLUSTJ nashrining Insagram sahifasida Gidrometeorologiya Agentligi mutaxassislari tadqiqotlariga asosan keltirilgan xabarga ko‘ra, Qoratog‘ va Zarafshon mintaqalaridagi mavsumiy qorlarning 95 foizi allaqachon erib bitgan.

2025 yil may oyida Dushanbeda muzliklar vaziyatiga bag‘ishlangan ilk xalqaro konferentsiyada Tojikiston va Qirg‘iziston tog‘laridagi muzliklar har doimgidan ham yuqori sur’atlarda eriyotgani qayd etilgandi.

Bu holat suv ta’minotida Qirg‘iziston va Tojikistondan oqib keluvchi daryolarga deyarli qaram bo‘lgan O‘zbekiston va Turkmaniston kabi davlatlarning tobora o‘sib borayotgan suvga ehtiyojini qondirish kelajagi borasida xavotirlarga turtki bergan.

Suv muammosini yechish uchun nimalar qilinmoqda?

Qurigan jilg‘a
Surat tagso‘zi, O‘zbekistondan oqib o‘tuvchi yirik daryolarda suv sathi pasaygan bo‘lsa, kichik jilg‘alar butunlay qurib qolgan.
Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2026 yil iyul oyida chop qilgan hisobotida O‘zbekiston suv zaxiralariga bosimni pasaytirish yo‘lida anchayin salmoqli choralarni ko‘rayotgani va ilgari siljiyotgani aytilgan.

Hisobot suvni tejash, sug‘orish tizimini zamonaviylashtirish va suv taqsimoti sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi harakatlarini tilga olgan.

Ammo ayni holda, O‘zbekistonga iqlim o‘zgarishi, suv iste’molning ko‘payishi va Orol dengizining qurib borishi kabi omillar bosimi hanuz ko‘p ekanligi aytilgan.

2017 yildan beri O‘zbekistonda suvdan foydalanish yo‘lida o‘tkazilgan keng ko‘lamli islohotlar suv zaxiralariga bosimni nisbatan kamaytirayotgani, lekin muammoni hozircha to‘liq bartaraf etmagani ham bildirilgan.

Hisobot shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro suv diplomatiyasida o‘sib borayotgan roliga ham e’tibor qaratgan.

Iyun oyida Bishkekda vazirlar darajasida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yoz oylarida mushtarak suv va energiya zaxiralaridan samarali va muvofiqlashtirilgan ravishda foydalanish borasida qo‘shma protokolni imzolashgan.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston chegarasida esa Sirdaryo suvidan foydalanishda oshkoralik va tejamkorlikka erishish maqsadida raqamli o‘lchov uskunalari o‘rnatilib, monitoring tizimi o‘rnatilmoqda.

2026 yil fevral oyida "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" O‘zbekiston Prezidenti qarori ham qabul qilingan.

Ayni vaqtda suv taqchilligining ba’zi ijobiy jihatlari ham bor. Suv zaxiralarining kamayib borishi O‘zbekiston rasmiylarini gidroelektrostantsiyalar yordamida emas quyosh va shamol energiyasidan ko‘proq foydalanishga undamoqda.

Davlatga tegishli "O‘zbekgidroenergo" ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda gidroelektrostantsiyalarda ishlab chiqarilgan elektr undan avvalgi yillarga qaraganda 20 foizga kamaygan.

Sayozlashgan daryo va kanallar tubidan nimalar chiqib kelmoqda?

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidagi beton qoyalar

Surat manbasi, FB/Yevgeniy Sklyarevski

Surat tagso‘zi, Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidagi beton qoyalar

Yevropa davlatlarida kuzatilayotgan o‘ta issiq havo va qurg‘oqchilik natijasida daryolarda Ikkinchi Jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kemalardan tortib qadim ibodatxonalar suv yuzida ko‘rinib qolayotgani manzarasida O‘zbekistonlik foydalanuvchilar Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidagi beton qoyalar suratlarini hazilomuz tarzda Ijtimoiy tarmoqlarda chop qilishgan.

Bu beton qoyalar suv sathining pasayishi oqibatida ko‘rinib qolganmi yoki hamisha shundaymi noma’lum. Ammo bu holat tobora yaqqol ko‘zga tashlanayotgan suv zaxiralari muammolari o‘zbekistonliklarning ham diqqat-e’tiborida ekanligini namoyon qiladi.

Odamlar tushgan kichik qayiq sayoz suvda ko‘rinib qolgan cho‘kib ketgan kema o‘ngida turibdi.

Surat manbasi, Reuters

Yevropaning 19 davlati orqali oqib o‘tuvchi Dunay daryosidagi suv sathi oxirgi 30 yildagi eng past darajaga tushgan.

Serbiyaning Praxovo shahrida suv pasayishi oqibatida ko‘rinib qolgan daryo tubidagi Ikkinchi Jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kema

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Suv pasayishi oqibatida ko‘rinib qolgan daryo tubidagi narsalar orasida Serbiyaning Praxovo shahrida Ikkinchi Jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kema ham bor.

"Dunay suvi tizzadan kelmoqda"

Suvi sayozlashib ketgan Dunayda odamlar cho‘milishmoqda.

Surat manbasi, Yusuf Jumayev

To‘rt yildan beri Slovakiyada yashab, ishlayotgan qirg‘izistonlik Yunus Jumaevning ta’kidlashicha, Bratislavadan oqib o‘tuvchi Dunay daryosida ayniqsa, oxirgi haftalarda daryoning ayrim qismlari sayozlashib, chuqurligi tizza atrofida bo‘lib qolgan. Yunusning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi suvi qochgan daryo o‘zanida cho‘milib, dam olmoqda.

"Kecha odamlar Dunay suvini bemalol kechib, dam olayotganiga shaxsan guvoh bo‘ldim. Ayrimlar bu holatni issiq kunlarda salqinlab olish imkoniyati sifatida qarshi olyapti. Ba’zilar buni jiddiy ekologik muammo sifatida muhokama qilmoqda", deydi Yusuf Jumaev.

Mollar podasi daryo ostidan chiqib qolgan suv o‘tlarini yeb yurishibdi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Serbiyadan oqib o‘tuvchi Dunaydagi suv sathi odatdagidan 3 barobarga past.

Suv sathining pasayishi oqibatida kamida 20 ta Ikkinchi Jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kema suv yuzida ko‘rinib qolgan va hozirda kemalar qatnoviga xalaqit bermoqda.

Cho‘kib ketgan kemalar suv yuzida ko‘rinib turibdi.

Surat manbasi, Reuters

Portlamay qolgan bombalar ham suv yuzida

Cho‘kib ketgan kemalardan tashqari Xorvatiya, Vengriya va Slovakiyada bir vaqtlar portlamay qolgan bombalar ham suv yuzida ko‘rinib qolgan.

Zanglagan va suv o‘tlariga bulg‘angan uzun bomba suv sathida ko‘rinib turibdi.

Surat manbasi, Polícia Slovenskej republiky

Surat tagso‘zi, Slovakiya politsiyasi Ikkinchi Jahon urushi davrida Britaniyada ishlab chiqarilgan bombani zudlik bilan zararsizlantirishni amalga oshirgan.

Bombani zararsizlantirish amaliyoti vaqtida yaqin atrofdagi aholi vaqtincha ko‘chirilgan.

Video tagso‘zi, Bombani suvdan olib chiqib, portlatish jarayonini tomosha qiling. (videoda tovush yo‘q)

Qadimiy ashyolar

Bolgariyada Dunay suvining pasayishi oqibatida olimlarning ishonishlaricha, suv ostida qolib ketgan qadim zamonda yashagan mamont suyaklari topilgan.

Mamontning jag‘i va shohi bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilingan suyaklar qum va toshlar orasida yotibdi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Mutaxassislar bu mamontning jag‘i va shohi bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilishmoqda.

Buyuk Britaniyada deyarli doim yam-yashil bo‘lib turadigan o‘tzorlarning qurishi natijasida qadim ibodatxona qoldiqlari va 17 asrdagi bog‘ konturi namoyon bo‘lgan.

Bir vaqtlar qurilgan ibodatxona va bog‘lar qoldiqlari.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Uzoq davom etib kelayotgan quruq havo o‘tzorlarni quritib, bir vaqtlar qurilgan ibodatxona va bog‘lar qoldiqlarini oshkor qilgan.