O‘zbekistonlik Epshteyn qurboni AQSh qonun vakillariga guvohlik berdi

Roza, o‘rta uzunlikdagi jigarrang sochli, och rangli pidjak va ko‘ylak kiygan holda, og‘ziga qo‘lini tutib turibdi va qo‘mita oldida ko‘rsatma berayotganda ko‘zga ko‘rinadigan darajada ko‘z yosh to‘kmoqda

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Roza (o‘ngda) Epshteyn bilan uning yaqin hamkori, model agenti Jan-Lyuk Bryunel orqali tanishgan
    • Author, Eymi Volker
  • Published
  • O'qilish vaqti: 3 daq

O‘zbekistonlik ayol Jeffri Epshteyn uy qamog‘ida bo‘lgan paytida unga nisbatan zo‘ravonlik qilganini aytdi.

Jeffri Epshteynning zo‘ravonligidan omon qolgan ayol marhum jinoyatchi voyaga yetmagan shaxsdan fohishalik bilan shug‘ullanishni talab etganligi uchun uy qamog‘ida bo‘lgan paytda uni jinsiy zo‘ravonlikka duchor qilganini aytdi.

Roza ismlik O‘zbekistonlik ayol o‘smirlik davrida Epshteynning hamkori va model agenti Jan-Lyuk Bryunel tomonidan yollangan bo‘lib, AQSh Vakillar palatasi demokratlari tomonidan tashkil etilgan joylardagi tinglovda bir qator jabrlanganlar bilan birga ilk bor omma oldida gapirdi.

U yig‘ilishda 2009-yil iyul oyida Bryunel tomonidan Epshteyn bilan tanishtirilganini, Epshteyn unga "iqtisodiy muammolarimni hal qilish uchun yordam berish" maqsadida ish taklif qilganini va keyinchalik uch yil davomida uni zo‘rlaganini aytdi.

Demokratlar tomonidan qonunchilik palatasi a’zosi Robert Garsiya norasmiy tinglov Florida shtatining Vest-Palm-Bich shahrida o‘tkazilganini, chunki aynan shu yerda Epshteynning "jinoyatlari ilk bor oshkor bo‘lganini" aytdi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Garsiya ta’kidlaganidek, ushbu tinglov AQSh prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohiga yaqin joyda ham o‘tkazilgan bo‘lib, uni AQSh Vakillar palatasining Nazorat qo‘mitasi demokratlari va mahalliy demokrat a’zolar tashkil etdi.

Ko‘pchilik o‘ringa respublikachilar ega bo‘lgan ushbu qo‘mita ayni paytda moliyachining jinoyatlarini tinglov qilmoqda. Demokrat a’zolar esa Epshteyn hujjatlari bilan Tramp ma’muriyati qanday ishlaganini sinchiklab tekshirishga e’tibor qaratgan.

Tinglov yuridik kuchga ega emas, biroq Epshteyn ishi bilan jamoatchilik e’tiborini saqlab qolish maqsadida rejalashtirilgan.

Demokrat qonunchilar Epshteyn va uning sheriklari yillar davomida javobgarlikdan qochib kelgani va jabrlanuvchilar sud tizimi tomonidan qayta-qayta himoyasiz qoldirilganini tinglashdi.

Familiyasi oshkor etilmagan Roza tinglovda 2008-yilda marhum Bryunel bilan tanishganida 18 yoshda bo‘lganini va u unga "orzuimdan ham ortiq model karerasini va’da qilganini" aytdi.

"Kam ta’minlangan muhitdan kelganim sababli, men majburlanish uchun ideal nishon edim", deya qo‘shimcha qildi u ko‘z yoshlar bilan bergan ko‘rsatmasida.

2009-yil may oyiga kelib u viza bilan Nyu-Yorkka kelgan, iyul oyida esa Epshteyn bilan Vest-Palm-Bichdagi uyida, u uy qamog‘ida bo‘lgan paytda, uchrashganini aytdi.

Keyin Epshteyn unga Florida Ilmiy Jamg‘armasida ish taklif qildi. U yerda Epshteyn 2008-yildagi sud hukmidan keyin, kuniga 16 soatgacha, haftasiga olti kun qamoqdan chiqishiga ruxsat berilgan dastlabki kelishuv doirasida ishlagan edi.

"Bir kuni uning massajchisi meni xonasiga chaqirdi va o‘sha yerda Jeffri meni birinchi marta jinsiy zo‘rladi", dedi Roza tinglovda. "Keyingi uch yil davomida men muntazam zo‘rlanishga yuz tutdim".

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Epshteyn 2019-yil 10-avgust kuni Nyu-York qamoqxonasida, jinsiy savdo bilan shug‘ullanganlik bo‘yicha mahkamani kutayotganda vafot etdi.

U 2008-yilda voyaga yetmagan shaxsdan fohishalik bilan shug‘ullanishni talab etganlikda ayblanib sudlangan edi va shundan so‘ng jinsiy jinoyatchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Seshanba kuni Demokrat nazorat qo‘mitasi a’zolari tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, 2008-yilda Epshteyn advokati tomonidan tuzilgan bahsli kelishuv unga "yana deyarli o‘n yil davomida zo‘ravonlik va jinsiy savdo bilan shug‘ullanish faoliyatini davom ettirish imkonini bergan".

Roza Epshteynning uy qamog‘ida bo‘lgan paytida sodir etgan zo‘ravonligi "adolatni imkonsiz degan his tuyg‘ularini uyg‘otdi", dedi, biroq u "oxir-oqibat yordam so‘rashga jur’at topganini" ham aytdi.

Getty Images
Bir kuni uning massajchisi meni xonasiga chaqirdi va o‘sha yerda Jeffri meni birinchi marta jinsiy zo‘rladi
Roza
O‘zbekistonlik Jeffri Epshteyn qurboni (Batafsil: BBC/UZBEK da o‘qing)

Shunga qaramay, u Adliya vazirligi (DOJ) tomonidan e’lon qilingan Epshteyn hujjatlarida uning ismi tasodifan oshkor qilingach yana ruhiy tushkunlikka tushganini aytdi, "boy va qudratli shaxslar esa yashirilgan holda qolgan".

"Endi butun dunyo bo‘ylab jurnalistlar men bilan bog‘lanmoqda. Men doim ortimni kuzatib yashashga majburman. Ushbu "xato" hayotimga uzoq muddatda qanday ta’sir qilishini tasavvur qilishning o‘zi qiyin".

DOJ avvalroq "jabrlanuvchilarni himoya qilishni juda jiddiy qabul qilishini" aytgan va Epshteyn bilan bog‘liq ayrim hujjatlarni saytidan olib tashlaganini bildirgan. Noto‘g‘ri tahrirlar sabab jabr-diydalarning shaxsi oshkor bo‘lganini sabab qilib aytgan. DOJ xatolar "texnik yoki insoniy omillar" sabab yuz berganini ta’kidladi.

Epshteyndan jabrlangan yana bir shaxs - Mariya Farmer - ham yozilgan murojaat orqali qonunchilarga ko‘rsatma berdi. U moliyachining zo‘ravonligini ilk bor 1996-yilda xabar qilganini va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni bir necha bor o‘z ishiga beparvolikda aybladi.

"Xukumat haqiqatni gapirib boshlashi kerak", dedi u.