VVS va Tramp sud ishi: Hakam VVS foydasiga hukm chiqardi

Surat manbasi, EPA
BBC Florida sudida o‘zini Prezident Donald Trampning 10 milliard dollarlik tuhmat arziga qarshi himoya qilar ekan, hakam VVS so‘ragan moliyaviy hujjatlarni Prezident Tramp unga topshirishi kerak deya hukm chiqardi.
AQSh prezidenti"Panorama" ko‘rsatuvida o‘z nutqi buzib ko‘rsatilganini aytib VVSni sudga bergandi. Ko‘rsatuvda Trampning 2021 yil 6 yanvarida Kapitoliy binosi tashqarisida bo‘lib o‘tgan g‘alayon kunida so‘zlagan nutqi noto‘g‘ri kesib namoyish qilingan.
Tramp o‘z prezidentligi davrida o‘z bizneslarini boshqaradigan "Donald J Trump Revocable Trust" nomli shirkatni ochgan. VVS shu shirkatning moliyaviy hujjatlarini ko‘rishni so‘rar ekan, hakam Enjolik Lett bunga ruxsat berdi.
Bu sud ishining ilk eshituvi bo‘lmoqda. Hakam Tramp apellyatsiyaga topshirishi mumkinligini aytdi.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Tramp "Panorama" ko‘rsatuvi uning uchun moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lganini da’vo qilgan. VVS buni tasdiqlash uchun Trampdan dalil-isbot, ya’ni moliyaviy hujjatlarini so‘ramoqda.
Hakamning bu so‘rovni qondirishi VVS uchun qisman g‘alaba bo‘lib namoyon bo‘lyapti.

Surat manbasi, EPA
Ushbu sud ishi hozircha "discovery" (ochilish) jarayonida. Uning doirasida ikki tomon ham o‘z mavqelarini mustahkamlash uchun ichki va boshqa hujjatlarni taqdim etishadi.
VVS advokatlariga ko‘ra, Britaniyaning matbuot tashkiloti sudga 87 ming varaqli hujjatlarni topshirgan bir vaqtda, Trampning jamoasi atigi 735 varaqni taqdim qilgan. Ularga ko‘ra, bu 735 varaqning aksari yo "matbuot xabarlari" yoki "internetdan yuklab olingan".
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
VVS advokati Charlz Tobinga ko‘ra, bu jarayon faqat bir tomonlama bo‘lib qolganini anglatadi.
Trampning advokati Alexandro Brito esa VVSning so‘rovlarini "ezuvchi" va "keng qamrovli" deya qoraladi.
VVS Trampning Kapitoliydagi g‘alayon haqida o‘z yordamchilarini bilan o‘tkazgan suhbatlarini ham ochiqlashni, hamda sobiq rasmiylar va hukumat xodimlarining majburan sudga chaqirilishi so‘ragan, ammo Brito bunga qarshi chiqdi.
Trampning advokati VVSni sobiq rasmiylarni siquvga olishda aybladi.
Trampning advokatlari qilayotgan da’voning aksari VVS raisi Samir Shah o‘tgan noyabrda Prezident Trampga yo‘llagan xatiga asoslanadi.
U xatda Shah Trampdan "Panorama" epizodining bir qismi uchun uzr so‘ragan va unda bexosdan "Tramp zo‘ravonlikka chaqirgani haqida noto‘g‘ri taassurot" berilganini aytgan.
Brito bu xatni VVSning "iqrornoma"si deya tasvirladi.
VVS allaqachon bu ko‘rsatuv AQShda namoyish qilinmaganini aytib sud ishini bekor qilishga urindi, ammo hakam bu borada hali hukm chiqargani yo‘q.






























