Gaz yo‘qmi? Quyosh o‘chog‘i bor!
Gaz yo‘qmi? Quyosh o‘chog‘i bor!
Published
Afg‘onistonning G‘azni viloyatida yosh ixtirochilar quyosh o‘chog‘ini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan. Dastlab bu kabi o‘choqning zar qog‘oz bilan ishlangan turi bir tashkilot tomonidan tarqatilardi. Mahalliy yoshlar uni takomillashtirib, shisha yordamida anchayin samarali turini ishlab chiqishdi. Yoqilg‘i tanqisligiga yuz tutayotgan mahalliy aholi uchun bu ayni muddao bo‘ldi!