O‘zbekistonlik ziyolilar Tolibonga: 'Mujda O‘zbekni ozod qiling'

Video tagso‘zi, O‘zbekistonlik ziyolilar Tolibonga: 'Mujda O‘zbekni ozod qiling'
O‘zbekistonlik ziyolilar Tolibonga: 'Mujda O‘zbekni ozod qiling'
Published

O‘zbekiston va dunyodagi bir guruh ziyolilar, shoirlar hamda inson huquqlari himoyachilari Afg‘onistonning amaldagi hokimiyatiga ochiq xat yo‘lladi.

Murojaatda Taxor viloyatida Tolibon xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan O‘zbek shoirasi, yozuvchisi va o‘qituvchisi Mujda O‘zbekni zudlik bilan ozod etish so‘ralgan.

Besh nafar farzandning onasi bo‘lgan shoira tanqidiy she’rlari sabab ushlangani aytilmoqda.

Murojaat mualliflari she’r va fikr bildirish "jinoyat emas"ligini ta’kidlagan.

Tafsilotlari uchun videomizni ko‘ring.

Videoni boshqalarga ham ulashing, fikrlaringizni qoldiring.